Registon

Yordam

Ko'p beriladigan savollar

Imtihonga yozilish, to'lov, imtihon kuni, natija va sertifikat haqidagi eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar.

Sinov imtihoniga qanday yozilaman?

Saytda ro'yxatdan o'ting, «Imtihonlar» bo'limidan kerakli imtihonni tanlang va yoziling. Pullik imtihonda to'lov tasdiqlangach joyingiz band qilinadi.

To'lov qanday qilinadi?

Shaxsiy kabinetda: ko'rsatilgan kartaga istalgan bank ilovasidan aniq summani o'tkazasiz, to'lov avtomatik tasdiqlanadi. Ayrim imtihonlar bepul — ular ro'yxatda «Bepul» deb belgilangan.

To'langan pulni qaytarish mumkinmi?

Ha. Sanasi belgilangan imtihonda — imtihon kunidan kamida 24 soat oldin so'rov yuborsangiz, pul to'liq qaytariladi. Imtihon boshlangach yoki 24 soatdan kam qolganda qaytarilmaydi. Bizning tomondagi texnik nosozlikda — to'liq qaytarish yoki bepul qayta topshirish. Batafsil: «Pulni qaytarish qoidalari» sahifasi.

Imtihon qayerda va qanday o'tkaziladi?

Imtihon onlayn — kompyuter, planshet yoki telefondagi imtihon oynasida topshiriladi. Doimiy mock imtihonlar har kuni ochiq; filial imtihonlari belgilangan kuni ochiladi va ba'zilari uchun filial 5 xonali kod beradi. Bu shartlar imtihon kartasida ko'rsatiladi.

Imtihon nechta savoldan iborat va qancha davom etadi?

Fanga qarab 40–45 ta savol: 1–32 test, 33–35 moslashtirish va yozma savollar — matematika, fizika va tarixda 36–45 (har biri A va B qismli), kimyo va biologiyada 36–40, ona tili va rus tilida 36–44. Barcha fanlarda imtihon davomiyligi — 3 soat (180 daqiqa).

Imtihonni telefondan topshirsa bo'ladimi?

Ha, imtihon oynasi telefon, planshet va kompyuterda ishlaydi. Chrome yoki Safari brauzeridan foydalanish tavsiya etiladi.

Imtihon paytida boshqa oynaga o'tsam nima bo'ladi?

Imtihon rejimida boshqa oyna yoki ilovaga o'tish qayd etiladi. Belgilangan sondan ko'p chiqilsa, imtihon avtomatik yakunlanadi.

Internet uzilib qolsa javoblarim yo'qoladimi?

Yo'q. Javoblar serverda avtomatik saqlanadi, vaqt esa server soati bo'yicha hisoblanadi. Qayta kirganingizda imtihon davom etadi.

Natija qachon chiqadi?

Doimiy mock imtihonlarda — topshirgan zahoti. Filial imtihonlarida — barcha ishtirokchilar topshirgach, savollar qiyinligi hisobga olinib ball hisoblanadi va kabinetdagi «Natijalarim» bo'limida e'lon qilinadi.

Ball qanday hisoblanadi?

Rasch modeli bo'yicha: savol qiyinligi ishtirokchilar javobidan aniqlanadi, qiyin savol ko'proq ball beradi. Eng yuqori ball — 75.

To'g'ri va xato javoblarimni ko'ra olamanmi?

Ha. Natijalar yakunlangach, javob varaqasi va har bir savol bo'yicha tahlil kabinetingizda ochiladi.

Sertifikat beriladimi?

46 va undan yuqori ball to'plaganlarga daraja (C dan A+ gacha) ko'rsatilgan QR-kodli sinov sertifikati beriladi. Uni «Sertifikatni tekshirish» sahifasida tekshirish mumkin.

Parolimni unutdim, nima qilaman?

Filial administratoriga murojaat qiling — u bir martalik tiklash kodi beradi. Kirish sahifasidagi «Parolni unutdingizmi?» orqali yangi parol o'rnatasiz.

Javob topilmadimi?

Kabinetdagi «Murojaat» tugmasi orqali filialingizga yozing yoki eng yaqin filialga murojaat qiling.