Qiyinlik javoblardan aniqlanadi
Savolni kam odam yecha olgan bo'lsa — u qiyin, ko'pchilik yechgan bo'lsa — oson hisoblanadi. Buni dastur o'zi hisoblaydi.
Baholash
Natija shunchaki to'g'ri javoblar soni emas. Har bir savolning qiyinligi barcha ishtirokchilar javobidan aniqlanadi va qiyin savolga to'g'ri javob ko'proq ball keltiradi.
Savolni kam odam yecha olgan bo'lsa — u qiyin, ko'pchilik yechgan bo'lsa — oson hisoblanadi. Buni dastur o'zi hisoblaydi.
Bir xil sonda to'g'ri javob bergan ikki o'quvchining bali turlicha bo'lishi mumkin: qiyin savollarni yechgan yuqoriroq ball oladi.
Yakuniy ball 0–75 oralig'ida. Daraja (A+ … C) shu ballga qarab belgilanadi — darajalar jadvali.
Imtihonni yakunlaganingizdan so'ng «Natijalar kutilmoqda» holati ko'rinadi.
Barcha ishtirokchilar topshirgach, savollar qiyinligi va ballar hisoblanadi.
Ball va daraja kabinetingizdagi «Natijalarim» bo'limida paydo bo'ladi.
Natijalar yakunlangach, to'g'ri va xato javoblaringiz, savollar bo'yicha tahlil ochiladi.
Oddiy foizda imtihon varianti oson bo'lsa hamma yuqori, qiyin bo'lsa hamma past ball oladi. Rasch modeli savol qiyinligini hisobga olgani uchun natija adolatliroq bo'ladi va turli imtihonlar natijalarini solishtirish mumkin.
E'lon qilingan natija o'zgarmaydi. Natija varaqasini QR-kodli sertifikat sifatida yuklab olishingiz va uning haqiqiyligini onlayn tekshirishingiz mumkin.
Topshirgan imtihonlaringiz, ball va darajalaringiz bir joyda.