Registon

Huquqiy ma'lumot

Ommaviy oferta

Tahrir sanasi: 04-oktabr, 2026 · Registon Study Group MChJ

Ushbu hujjat Registon Study Group MChJ (keyingi o'rinlarda — «Ijrochi») tomonidan milliyimtihon.uz veb-sayti (keyingi o'rinlarda — «Platforma») orqali sinov imtihonlari xizmatini ko'rsatish bo'yicha ommaviy taklif (oferta) hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq, quyida belgilangan harakatlarni bajargan har qanday jismoniy shaxs (keyingi o'rinlarda — «Foydalanuvchi») ushbu ofertani to'liq va so'zsiz qabul qilgan (aksept) hisoblanadi va Ijrochi bilan shartnoma tuzgan bo'ladi.

1. Atamalar

  • Platforma — Ijrochiga tegishli milliyimtihon.uz veb-sayti va uning shaxsiy kabineti.
  • Sinov imtihoni — Milliy sertifikat imtihoni formatiga yaqinlashtirilgan, onlayn o'tkaziladigan mashq (mock) imtihoni.
  • Doimiy (mock) imtihon — ma'lum sanaga bog'lanmagan, istalgan kuni topshirish mumkin bo'lgan sinov imtihoni.
  • Natija — sinov imtihoni bo'yicha hisoblangan ball (0–75) va daraja (A+, A, B+, B, C+, C).
  • Sertifikat — Platformada natija asosida beriladigan, QR-kod orqali tekshiriladigan elektron hujjat.

2. Shartnoma predmeti

Ijrochi Foydalanuvchiga Platforma orqali sinov imtihonlarini onlayn topshirish, natijani olish va javoblar tahlilini ko'rish imkoniyatini beradi; Foydalanuvchi esa (pullik imtihonlar uchun) xizmat haqini to'laydi.

Sinov imtihoni O'zbekiston Respublikasi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Bilim va malakalarni baholash agentligi (BMBA) o'tkazadigan rasmiy Milliy sertifikat imtihoni EMAS. Platformada olingan natija va sertifikat rasmiy Milliy sertifikat o'rnini bosmaydi, oliy ta'lim muassasalariga qabulda va boshqa rasmiy maqsadlarda hujjat sifatida qo'llanilmaydi.

3. Ofertani qabul qilish (aksept)

Quyidagilardan biri ofertaning aksepti hisoblanadi:

  • Platformada ro'yxatdan o'tish (tegishli belgini qo'yib);
  • bepul sinov imtihoniga yozilish;
  • pullik sinov imtihoni uchun to'lovni amalga oshirish.

4. Xizmat ko'rsatish tartibi

  • Foydalanuvchi telefon raqami va parol bilan ro'yxatdan o'tadi; kiritilgan ma'lumotlarning to'g'riligi uchun Foydalanuvchi javobgar.
  • Imtihon fani, sanasi (yoki doimiy ochiqligi), davomiyligi, narxi va savollar tuzilmasi imtihon kartasida ko'rsatiladi. Imtihon davomiyligi — 3 soat (180 daqiqa), agar imtihon kartasida boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa.
  • Ayrim imtihonlar faqat belgilangan sanada ochiladi va yozilish yoki boshlash uchun kod talab qilishi mumkin; bu holat imtihon kartasida ko'rsatiladi.
  • Imtihon boshlangach vaqt to'xtamaydi; belgilangan vaqt tugaganda javoblar avtomatik topshiriladi.
  • Natija Rasch modeli asosidagi baholash usulida hisoblanadi va e'lon qilinadi: odatdagi imtihonlarda — Ijrochi e'lon qilgan muddatda, doimiy imtihonlarda — topshirilgandan so'ng darhol. E'lon qilingan natija o'zgartirilmaydi.
  • Bir imtihonni bir Foydalanuvchi bir marta topshiradi.

5. Xizmat narxi va to'lov

  • Narx imtihon kartasida O'zbekiston so'mida ko'rsatiladi. Bepul imtihonlar uchun to'lov olinmaydi.
  • To'lov Buyurtmachi tomonidan shaxsiy kabinetda ko'rsatilgan bank kartasiga ko'rsatilgan aniq summani o'tkazish orqali amalga oshiriladi; tushum avtomatik aniqlanadi va to'lov tasdiqlanadi. Buyurtmachining bank kartasi ma'lumotlari Ijrochi tomonidan so'ralmaydi, saqlanmaydi va qayta ishlanmaydi — o'tkazma Buyurtmachining o'z bank ilovasida bajariladi.
  • To'lov tasdiqlangan paytdan boshlab Foydalanuvchi imtihonga yozilgan hisoblanadi.
  • Promo-kod yoki chegirma imtihon kartasida ko'rsatilgan shartlarda qo'llaniladi.

6. Pulni qaytarish

To'lovni qaytarish tartibi «Pulni qaytarish qoidalari» hujjatida belgilangan va ushbu ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.

7. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

Ijrochi majbur:

  • imtihonni e'lon qilingan shartlarda o'tkazish va natijani belgilangan tartibda e'lon qilish;
  • Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlarini «Maxfiylik siyosati»ga muvofiq himoya qilish;
  • Foydalanuvchi murojaatlariga qonunchilikda belgilangan muddatlarda javob berish.

Foydalanuvchi majbur:

  • imtihonni mustaqil topshirish, boshqa shaxs yordamidan, ruxsat etilmagan materiallardan foydalanmaslik;
  • imtihon savollarini nusxalash, tarqatish, ekrandan suratga olish yoki boshqa yo'l bilan oshkor qilmaslik;
  • o'z hisobi (login va parol) maxfiyligini saqlash va uni boshqalarga bermaslik.

Ijrochi qoidabuzarlik (imtihon oynasidan ko'p marta chiqish, boshqa shaxs topshirgani, savollarni tarqatish va h.k.) aniqlanganda natijani bekor qilish va hisobni cheklash huquqiga ega.

8. Intellektual mulk

Platformadagi savollar, matnlar, dizayn va dasturiy ta'minot Ijrochiga tegishli. Ularni Ijrochining yozma roziligisiz nusxalash, tarqatish yoki tijoriy maqsadda foydalanish taqiqlanadi.

9. Javobgarlik

  • Ijrochi Foydalanuvchining internet aloqasi, qurilmasi yoki brauzeridagi nosozliklar oqibatida yuzaga kelgan holatlar uchun javobgar emas.
  • Ijrochi tomonidagi texnik nosozlik sababli imtihonni topshirish imkoni bo'lmasa, Foydalanuvchiga imtihonni qayta topshirish yoki to'lovni to'liq qaytarish taklif etiladi.
  • Sinov imtihoni natijasi rasmiy Milliy sertifikat natijasini kafolatlamaydi.

10. Nizolarni hal qilish

Nizolar avvalo muzokaralar va murojaat yo'li bilan hal qilinadi. Kelishuvga erishilmasa, nizo O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudda ko'rib chiqiladi.

11. Yakuniy qoidalar

Ijrochi ofertaga o'zgartirish kiritish huquqiga ega. O'zgarishlar Platformada e'lon qilingan kundan kuchga kiradi va avval to'langan xizmatlarga ta'sir qilmaydi.

Ijrochi: Registon Study Group MChJ. Telefon: +998 55 055 27 00. Elektron pochta: [email protected].

Hujjat bo'yicha savollar: +998 55 055 27 00 · [email protected]